Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlar berildi.
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari va katta inspektor-psixologlariga maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Deputatlar birinchi o‘qishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi, shuningdek, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shartligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.
Milliy gvardiya gender tengligini ta’minlashda respublika miqyosida eng faol davlat organi deb topildi. Eng faol hududiy davlat organi Qoraqalpog‘iston IIV bo‘ldi. Gender tengligi va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi har yili o‘tkaziladigan tanlov natijalarini sarhisob qildi.
Toshkent shahrida 5-yanvar kuni Qurolli Kuchlar 33 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Parad “G‘alaba bog‘i”dan boshlanib, Magic City’gacha davom etadi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha bir qator ko‘chalar yopiladi.
Samarqandda Qurolli Kuchlar xizmatchisi va yordamchisi fuqarodan soxta harbiy guvohnoma uchun 600 dollar olayotganida qo‘lga tushdi. Narpay tumanida kadastr xodimi 700 dollar, Kattaqo‘rg‘on tumanida esa soliq inspektori 11,5 mln so‘m olmoqchi bo‘lganida ushlandi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
Prezident qarori bilan, IIO, bojxona, milliy gvardiya va harbiy xizmatdagi maxsus unvonlar uchun xizmat qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Milliy gvardiya axborot xizmati 6−8-fevral kunlari darslarga 188 ming o‘quvchi sababsiz kelmaganini aniqladi. Shuningdek, inspektor-psixolog va mahalla yettiligi ko‘rayotgan chora-tadbirlar sabab o‘quvchilar davomati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini, hozir davomat 97,7 foizga yetganini ma’lum qildi.
Gulistonda 11-sinf o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimining qalbaki guvohnomasi bilan begona maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Undan soxta hujjatni topshirish so‘ralganda, qarshilik ko‘rsatdi. Shahar prokuraturasi u nima uchun maktabga kirmoqchi bo‘lganini o‘rganmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida mast erkak o‘qituvchi xotini bilan gaplashish uchun maktabga kirmoqchi bo‘ldi. Erkakning qo‘lida bolta bor edi. U chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Asosan davomatni ta’minlash uchun maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlarning vakolatlari qayerda boshlanib, qayerda tugashi jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda. “Gazeta.uz” Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Zafar Alimov bilan xodimlarning mavjud vakolatlari haqida suhbatlashdi.
Navoiy shahridagi 2-maktabda o‘g‘il bolalar sport zaliga olib kirilib, sochlari oldirildi, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.
Maktabdagi davomat muammosini hal qilishga Milliy gvardiya ham qo‘shildi. Internetda xodimlar o‘quvchi va o‘qituvchilarga mas’uliyat haqida gapirayotgani aks etgan videolar tarqalib, jamoatchilik savollariga sabab bo‘ldi. “Gazeta.uz” Ta’lim vazirligi va Milliy gvardiya vakillarining fikrlarini bir yerga to‘pladi.
Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting